Tasnif
Taqdim etilgan o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim davlat ta’lim standartlari asosida, “Ta’limda biznes boshqaruvi” kursining “Ta’lim boshqaruvi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejasiga muvofiq tayyorlangan. Qo‘llanma mavzularni modulli taqsimlashga muvofiq, o‘quv materialini innovatsion tartibga solish kursi bo‘lib, ushbu ilmiy fanni kompetensiyaga asoslangan yondashuv asosida o‘rganish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
O‘quv qo‘llanma magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari foydalanishi uchun tavsiya etilgan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.






