Tasnif
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning maqsadi talabalarga savdo xizmatlari faoliyati bo‘yicha chuqur bilimlar berish, ularning ko‘rsatkichlarini tahlil qilish usullarini chuqur o‘rganishni ta’minlash, savdo xizmatini ko‘rsatish uchun belgilangan talablarni bayon etish, ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llarini talabalarga tushuntirish, bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlarni baholay bilish; mahsulotlarni savdo korxonalari omborxonalariga qabul qilish va ularni chiqarish tartib-tamoyillarini yoritish, ularni amaliyotda ijrosini ta’minlash, savdo xizmatini ko‘rsatishda tijorat binolariga o‘rnatilgan talablar kabi masalalar to‘g‘risida nazariy va metodologik bilimlarga, ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat. O‘quv qo‘llanmadan professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, bakalavrlar, magistrantlar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari, sohaga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.






