Tasnif
Mazkur o‘quv qo‘llanmada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash usullari va ulardan foydalanish imkoniyatlari keltirilgan. Qo‘llanmada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda qo‘llaniladigan asosiy tushuncha va tamoyillar, dinamik qator o‘rtachasiga asoslangan prognozlar, trend modellari yordamida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlash, mavsumiy tebranishlar va ularni prognozlash, ekonometrik modellar yordamida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash, taqsimot qatorlari va prognozlashning ehtimoliy modellari, iqtisodiy tadqiqotlarda adaptiv prognozlash metodidan foydalanish, prognozlashda ekspert so‘rov usulining qo‘llanilishi, prognozlashda ayrim ishlab chiqarish funksiyalaridan foydalanish, prognozlashda matritsaviy modellarning qo‘llanishi kabi mavzular o‘rin olgan.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 60310200 ‒ “Ekonometrika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, mazkur qo‘llanmadan malaka oshirish kurslarining tinglovchilari va ilmiy tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.






