Tasnif
«Bank huquqi» nomli o‘quv qo‘llanma tanlov fan bo‘yicha tasdiqlangan, o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmada banklar faoliyati va ular tomonidan amalga oshiriladigan bank faoliyatining huquqiy asoslari mohiyati, ularning sabablari, rivojlangan xorijiy mamlakatlar bank tizimi faoliyatida amal qiladigan me’yoriy normalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda xalqaro bank sektori faoliyatini boshqarishdagi amaliyotidan O‘zbekiston bank tizimiga bank huquqiy normalarini samarali joriy qilishda foydalanishni takomillashtirish yo‘llari kabilar o‘z ifodasini topgan.






