O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov Hindistonning Routern.com kompaniyasi rahbari Chandrakant Sharma bilan uchrashdi.

Tadbirda O‘zbekistonning turli tarmoqlariga innovatsion yechimlarni faol tatbiq etish, bu borada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar yaqin istiqbolga mo‘ljallangan qo‘shma loyihalarni tahlil qilib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Charlz Sharma dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan hozirgi vaziyatda raqamli yechimlar, bilim va zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyoj jadal sur’atlar bilan oshib borayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan onlayn savdo maydonchalari orqali turizm, masofaviy ta’lim, tadbirkorlar, jumladan, O‘zbekiston hunarmandlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni keng targ‘ib qilish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, Routern.com vakillari 2018-2019-yillarda O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari bilan muzokaralar olib borishgan. 2019-yil oktabr oyida Chandrakant Sharma O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining Hindistondagi faxriy elchisi etib tayinlangan edi.

About the Author

You may also like these