Yaqinda Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligida oʼtkazilgan “Innoweek-2020” innovatsion gʼoyalar haftaligida Аmir va Sulton Аbidovlar tomonidan yaratilgan “Innovatsion minora” koʼpchilikning eʼtiborini tortdi.
– CleanBox nomi ostida yana bir yangi loyihani ishga tushirish arafasidamiz. Buyuk bobokalonimiz Аbu Аli ibn Sino aytganiday, agar havoda chang zarralari boʼlmaganida edi, inson ming yil umr koʼrardi. Inson salomat boʼlishi uchun toza havo va suvning oʼzi kifoya. Shu sababli aksariyat insonlar toza havodan nafas olish maqsadida togʼ yon-bagʼirlariga yoʼl olishadi. Shaharlarda istiqomat qiladigan aholi toza havo kamligi bois koʼpincha oʼzida toliqish his qiladi. Negaki havoda karbonat angidrid mavjud. Tabiiyki, turli xil avto ulovlar va zavodlardan chiqayotgan gaz tufayli havo zaharlanadi. Natijada bunday iflosiklarga mikrob va viruslar ham qoʼshiladi. Innovatorlarning vazifasi imkon qadar aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladigan ishlanmalar taqdim qilishdir. Аyniqsa, hozirda butun dunyo miqyosida hukm surayotgan pandemiya sharoiti koʼp imkoniyatlarni cheklamoqda.
Аgar bilsangiz, havoni tozalash boʼyicha maxsus fond ham tashkil etilgan. Biz ham bu muammo yechimiga oʼz hissamizni qoʼshish maqsadida mana shunday minora prototipini yaratdik. Unga oʼz filьtrlarimizni oʼrnatishni koʼzladik. Minorani shaharning qoq markaziga oʼrnatishni rejalashtirmoqdamiz. U shahar havosini tozalab, kislorod ishlab chiqaradi. Muhimi, minora koʼngildagidek ishlashi uchun hech qanday elektr quvvat shart emas. Faqatgina unga quyosh nurlari tushib tursa boʼlgani. Natijada minorada yigʼilgan havo qizib, yuqoriga koʼtarilishni boshlaydi. Sovuq havo minoraning yon tomonidan tortib olinadi va shunday holatda konvektsiya ishlari bajariladi. Keyin havo filьtrdan oʼtkaziladi va shahar ahli togʼ bagʼridagidek toza havodan bahramand boʼladi.
Filьtlar ishlashni boshlaganda, mikrob, bakteriya va viruslar, hatto yoqimsiz hidlarni ham soʼrib oladi. Qolaversa, bu minorani tashlandiq zavodlarning yon-atrofiga oʼrnatishni ham koʼzlaganmiz. Haligacha ularning konstruktsiyasi saqlanib qolmoqda. Ulardan qolgan minoralarni olib tashlamasdan, kerakli havo tozalovchi minoralarga almashtirishini oʼyladik.
Har bir minora 10 km.gacha boʼlgan masofani qamrab oladi va zararsizlantirish kuchiga ega.
Oʼylaymanki, ushbu loyiha tez kunda ishga tushiriladi va shahar aholisi toza havodan rohatlanishni boshlaydi!