
Joriy yilning 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan vazirlik hamda vazirlik tizimi tashkilotlari xodimlari farzandlari Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abbdurahmonovdan maktub olishgandi va bolalardan ham javob xatlari keldi. Ularning vazirga yo‘llagan maktublarini ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali berib borishimizni eʼlon qilgan edik.
12 yoshli Maqsudova Niginaxon vazirdan maktub olganidan soʻng juda quvonganligi hamda erishgan yutugʻlari va kelgusida oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari bilan boʻlishish istagida vazirga xat yoʻllagan.
“Assalomu alaykum, hurmatli Ibrohim Yulchiyevich!
Men Maxsudova Nigina, yoshim 12 da. 5-maktabning 7-sinf oʻquvchisiman. Men 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan tabrik va sovgʻangizni olib juda ham xursand va mamnun boʻldim. Men sizning xatingizga javoban oʻzim erishgan yutuqlarim va kelajakdagi maqsadlarim toʻgʻrisida aytib bermoqchiman. Men ingliz tiliga va metmatikaga hamda sportning karate turiga qiziqaman. Karate bilan 6 yoshimdan shugʻullanaman. Hozir men koʻk belbogʻ sohibasiman. Meni juda koʻp maqsad va orzularim bor. Hozirda oʻz oldimga bir qancha maqsadlarni qoʻyganman.
Eng birinchisi bu ingliz tilimni darajasini koʻtarib IELTS imtihonlarini yuqori balga topshirishdir. Hozirda men Upper-intermediate darajasidaman. Men ingliz tilida kitoblar oʻqishni, filmlar koʻrishni va suhbatlashishni yaxshi koʻraman. Fursat paydo boʻlsa, kitob oʻqiyman.
Bundan tashqari matematika fanidan bilimlarimni yaxshilab, SAT (Scholastic Assessment Test) – imtihonga tayyorlanib, uni ham yuqori darajada topshirib olmoqchiman. Kelajakda men Amerika, Buyuk Britaniya, Kanadaning nufuzli xorijiy universitetlari London iqtisodiyot va siyosat fanlari maktabi, Kembridj, Oksford, Stenford, Viskons Universitetlaridan biriga Scholarship yutib olmoqchiman va oʻqishag kirmoqchiman. Men oʻz bilimlarimni xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, huquqshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha oshirmoqchiman va shu yoʻnalishlardan birida yetakchi mutaxassis boʻlishni xohlayman.
Hurmatli, Ibrohim Yulchiyevich! Men ham sizga ishlaringizga rivoj, omad va innovatorlik fikrlar koʻpayishini tilayman. Olib borayotgan ishingizni hech ham toʻxtatmang. Har doim faqat oldinga va birinchilar qatorida boʻling.
Eng yaxshi tilaklar bilan Maxsudova Nigina!”