ZAMONAVIY XAVFSIZLIK BO‘YICHA TADQIQOTLAR

Category:

O‘quv qo‘llanmada zamonaviy xavflar va ularni bartaraf etishning nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mavzular yoritilgan. Ushbu mavzularda zamonaviy xavfsizlikka oid tushunchalarning mohiyati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va namoyon bo‘lish shakllari, mamlakat xavfsizligini ta’minlashda biotizim xavfsizligi va axborot xavfsizligini ta’minlash yo‘llari, mintaqalarda ekologik xavfsizlikni ta’minlash omillari, milliy va xalqaro xavfsizligiga tahdidlar, demografik va shaxs xavfsizligi, davlatning iqtisodiy xavfsizligi va uni ta’minlash vositalari, zamonaviy xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslari tahlil qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5А232401 – “Iqtisodiy xavfsizlik” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan, shuningdek, zamonaviy xavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilar va shu sohaga qiziquvchi ko‘p sonli kitobxonlarga mo‘ljallangan.