XALQARO RAQOBAT SIYOSATI
Ushbu o‘quv qo‘llanma kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti hamda shu fan bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari asosida magistrantlar uchun tayyorlangan. Unda xalqaro raqobat nazariyalari, jahon bozoridagi raqobat usullaridan foydalanish mexanizmlari, O‘zbekiston iqtisodiyotida raqobat muhitini shakllantirishning strategik maqsadlari o‘z aksini topgan.
O‘quv qo‘llanmada raqobatga oid turli nazariyalar, konsepsiyalar, strategiyalar va modellarni tahlil va sintez qilinib, ulardan zarur g‘oyalar va xulosalar keltirib chiqarilgan. Qo‘llanma birinchi navbatda magistrantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan mustaqil izlanuvchilar, talabalar, malaka oshirish instituti tinglovchilari va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish muammolari bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.