XALQARO ISHLASH ANDOZASI
Ushbu o‘quv qo‘llanma Xalqaro mehnat standartlaridan samarali va oqilona foydalanishga oid nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni jamlanganligi bilan ahamiyatlidir. O‘quv qo‘llanma Xalqaro mehnat standartlari tushunchasi va tizimi haqida ma’lumot berish, insonnnig mehnat sohasidagi asosiy huquqlarini oʻrganish, majburiy mehnatni cheklash boʻyicha konventsiyalar, mehnat sohasidagi kamsitishlar farqlay olish, xalqaro ishlash andozasida mehnatga haq toʻlash masalalari, ish vaqtining xalqaro standartlari, mehnat nazorati: mehnat havfsizligi va gigiena, mehnat standartlarining boshqa turlari, bandlik, ishga joylashish va mehnat munosabatlarini xalqaro huquqiy tartibga solish, mehnat muhofazasi boʻyicha xalqaro standartlarni qo‘llash, Oʻzbekistonda hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari hamda korxona va tashkilotlarda standartlashtirish xizmatlari boʻyicha maʻlumot berish kabi masalalarda dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.
O‘quv qo‘llanma 5231700 – Kadrlar menejmenti ta’lim yo‘nalishi talabalariga, shuningdek, xalqaro ishlash andozasi yo‘nalishi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilarga mo‘ljallangan.