XALQARO IQTISODIYOT
Global iqtisodiy oʻzgarishlar hamda giperraqobat sharoitida har bir mamlakat oʻz iqtisodiyotini teng manfaatli xalqaro hamkorlik va jahon bozoriga chuqur integratsiyalashuvni ta’minlash asosida rivojlantirishga zamin yaratadi. Mazkur tendensiya jahon bozori kon’yukturasini taxlil qilish, xalqaro savdo shartnomalarini samarali yuritish, tashqi savdo siyosatining zamonaviy usullarini baxolash, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va integratsion guruhlar bilan hamkorlikni optimallashtirish kabi masalalarni hal etish boʻyicha yetuk mutaxasislarni tayyorlash ehtiyojini yuzaga keltiradi.
Ushbu kitobda xalqaro iqtisodiy munosabatlar va jahon bozoridagi oʻzgarishlar dinamikasi yaxlit tizim sifatida tadqiq qilinib, “Xalqaro iqtisodiyot” fani ostida birlashtirildi. Qoʻlingizdagi darslik matematik formulalar, chizmalar va keyslar asosida global iqtisodiy jarayonlar hamda xalqaro savdo munosabatlari toʻgʻrisidagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishga koʻmak beradi.
Mazkur kitobni oʻrganish, undagi nazariyalarning mohiyatini chuqurroq anglab yetish uchun oʻquvchidan mikro va makro iqtisodiyot fanlaridan dastlabki bilimlarga ega boʻlishlik talab etiladi. Darslikda aks etgan nazariy-amaliy tushuncha va xalqaro iqtisodiyotga oid masalalar mavzular kesimida statistik taxlillar orqali talqin etilgan.