XALQARO BUXGALTERIYA HISOBI

Category:

Ushbu oʻquv qoʻllanmada  buxgalteriya hisobi xalqaro tizimi toʻgʻrisida ma’lumot berish  bilan birga har bir davlatda tizim­ning shakllanish tarixi, aloqadorligi, oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq masalalar va muammoli jihatlari koʻrib oʻtilgan. Jumladan, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida buxgalteriya hisobi tizimlarining oʻziga xos xususiyatlari, ularning oʻzaro farqli va oʻxshashlik jihatlari, oʻsha davlat uchun afzalliklari hamda uning iqtisodiyotiga mos kelishi koʻrib chiqilgan. Xorijiy davlatlarning buxgalteriya hisobi tizimida hisobga olinadigan barcha obyektlari, buxgalteriya hisobining milliy standart­lari va buxgalteriya hisobining xalqaro standarti talablariga muvofiq hisobga olish tartib qoidalari hamda  xuquqiy asoslari bilan bogʻliq muammoli vaziyatlarga oʻrganib chiqilgan. Shuningdek, moliyaviy hisobotning xalqaro tizimi bilan buxgalteriya hisobining xalqaro tizimi tushunchalari oʻrtasidagi farq va umumiylik jihatlari ochib berilgan.