TA’LIM VA O‘RGANISH NAZARIYASI

Category:

Taqdim etilgan o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan. 5A111001 – “Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi” (mutaxassisliklar bo‘yicha) yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Ta’lim va o‘rganish nazariyasi” fanining namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Qo‘llanmada Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha) yo‘nalishi kadrlariga bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim va o‘rganish bo‘yicha nazariyalar, uzluksiz ta’lim, ta’lim jarayonining metodologik asoslari, ta’lim jarayonida didaktika, psixologik o‘rganish, kognitiv o‘rganish, rivojlantiruvchi ta’lim, bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni, kasbiy faoliyatning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ijtimoiylashuv ijtimoiy-pedagogik voqealar, o‘qitish prinsiplari haqida asosiy qoidalari va tushunchalari aks ettirilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha) magistrantlariga hamda mustaqil tadqiqotchilar va izlanuvchilarga mo‘ljallangan.