SANOAT STATISTIKASI
O‘quv qo‘llanmada sanoat tarmog‘ida mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish, mehnat bozori va ish vaqtidan foydalanish, asosiy fondlar, energetik va ishlab chiqaruvchi mashina va uskunalar, ishlab chiqarish xarajatlari va korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar (foyda, rentabellik darajasi) statistikasiga doir uslubiy ko‘rsatmalar va amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar bayon etilgan. O‘quv qo‘llanma “Iqtisodiyot”, shu jumladan “Statistika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan oliy o‘quv yurti talabalari hamda magistrlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarga mo‘ljallangan.