RAQOBATBARDOSHLIK
Mamlakatda valuta siyosatini liberallashtirish, real bozor konyunkturasini hisobga olgan holda narxni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, sog‘lom raqobat va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ba’zi bir koxronalarga berilgan preferensiyalarning bekor qilinishi nosog‘lom raqobat, ayrim mahsulot turlari importining monopollashtirilishi, narxning sun’iy oshirilishi, oqibatda, bu asosda asossiz foyda ko‘rishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarga barham berish borasida hukumat tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Sog‘lom raqobat muhitida ishlab chiqaruvchilar va xizmat sohasidagi korxonalar erkin raqobat bilan kurashadi. Bu o‘z navbatida uddaburon, tadbirli menejerlarga talabni oshiradi. Ushbu darslikda biznesni tashkil etish, raqobatlashish strategiyalarini shakllantirish, raqobatbardoshlilikni ta’minlash, tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashish, klaster kabi raqobatbardoshlik bilan bog‘liq nazariy bilimlar hamda korxonalar misolidagi keyslar asosida amaliy ko‘nikmalar ko‘rsatib o‘tilgan.
Darslik oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq bilim sohasi, iqtisod ta’lim sohasi, iqtisodiyot, marketing va menejment ta’lim yo‘nalishlari talabalari hamda biznes va tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga mo‘ljallangan.