RAQOBAT STRATEGIYASI
Darslik korxonalarda uchraydigan strategik qarorlarni tahlil qilishga mo’ljallangan bo‘lib, bunda strategiyaning muhim sanalgan qismlari, masalan, sanoatni tahlil qilish (5-quvvatli tahlil), konsolidatsiya va bozor tuzilishi, strategiyani identifikatsiyalash va baholash imkoniyatlari hamda tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, raqobatbardosh ustunlikka qaratilgan: joylashishni aniqlash va farqlash, raqobat va qiymatni baholash, barqaror raqobatbardosh ustunligiga qaratilgan, statik raqobatning tabiati yaʼni kontsentrlangan bozorlar, strategik qo‘shimchalar va almashtirish ramkalari, narx raqobati va kuch raqobati, differentsiatsiya va dinamik narxlanish, kim oshdi savdosi to‘g‘risidagi nazariy ma’lumotlar keltirilgan.
Bundan tashqari, dinamik raqobat tamoyillariga qaratilgan moslashuvchanlik va haqiqiy imkoniyatlar, sanoatga kirish va chiqish strategiyasi, majburiyat va urushni yo‘qotishlar borasida, monopoliyaga qarshi qonunchilikni va birlashish huquqlarini himoya qilish, innovatsion va texnologik strategiyalar strategik nazorat va korporativ boshqaruvni, tashkilotning samarali tuzilmasini, strategik yetakchilikni va korporativ tadbirkorlikni rivojlantirishni o‘z ichiga olgan strategiyani amalga oshirish masalalari, yangi korxonalar, strategik o‘zgarishlar, notijorat tashkilotlar va notijorat tashkilotlarga qaratilgan masalalarining nazariy talqini keng yoritilgan.
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Oliy o‘quv yurtlarining 5А230102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) taʼlim yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrlar uchun tavsiya etilgan.