PSIXODIAGNOSTIKA
Ushbu uslubiy qo‘llanma talabalarning Psixodiagnostika fanidan amaliyot darslarida qo‘llashga mo‘ljallangan bo‘lib, unda shaxsni psixologik tashxis qilish usullari, shaxsga xos xususiyatlarni o‘rganuvchi turli test va metodikalar, o‘zni va o‘zgalarni tushunishga qaratilgan autogen va trening mashg‘ulotlaridan namunalar keltirilgan. Ta’limda psixodiagnostikaning faol usullaridan foydalanish esa talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini yanada samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Pedagogik faoliyat uchun esa talabalarning psixologiyasiga xos bo‘lgan xususiyat va qobiliyatlarni to‘g‘ri tashxis qilish, ularning tanlagan sohalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlarida yaqindan yordam beradi. Uslubiy qo‘llanmadan Kasb ta’limi (iqtisodiyot) ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan birga barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari, psixolog mutaxassislar hamda o‘zini shaxs sifatidagi imkoniyatlarini aniqlashni, ularni yuzaga chiqishini istagan har qanday shaxs foydalanishi mumkin. Shu bilan birga o‘z ruhiyatini doimo sog‘lom bo‘lishini istaganlarga tavsiya etiladi.