MONETAR NAZARIYA VA SIYOSAT
Ushbu oʻquv qoʻllanma kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti hamda shu fan boʻyicha namunaviy va ishchi oʻquv dasturlari asosida magistrantlar uchun tayyorlangan. Unda monetar siyosatning nazariy asoslari, monetar siyosatni amalga oshirish usullari va vositalari, iqtisodiyotni pul-kredit vositalari orqali tartibga solish mexanizmlari, Oʻzbekiston respublikasi markaziy bankining valyuta siyosati oʻz aksini topgan.
Ushbu oʻquv qoʻllanma yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni hisobga olgan holda tayyorlangan. Qoʻllanma birinchi navbatda magistrantlar uchun moʻljallangan boʻlib, undan mustaqil izlanuvchilar, talabalar, malaka oshirish instituti tinglovchilari va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish muammolari bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.