MAXSUS FANLARNI O‘QITISH METODIKASI

Category:

«Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi fanni o‘rganishning nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan. O‘quv qo‘llanmaning maqsadi talabalarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish uchun dars o‘tishda qo‘llaniladigan asosiy metodlar bilan tanishtirish, ma’ruza, amaliy, seminar darslarini tashkil etish, o‘quv jarayonini tashkil etish va uni takomillashtirish, fanni o‘rganishning ko‘rgazmali, axborot ta’minoti asosida maxsus fanlardan dars o‘tish malakasini hosil qilish bo‘yicha bilim berishdir.
Ushbu o‘quv qo‘llanma «Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi» fan dasturi va ishchi dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, magistraturaning barcha yo‘nalishi talabalari, “Kasb ta’limi” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, ilmiy izlanuvchilar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.