KASBIY KOMPETENTLIK
Mazkur o‘quv qo‘llanma bakalavriyat taʼlim standartlariga mos ravishda “Kasb taʼlimi (iqtisodiyot)” yo‘nalishlari o‘quv rejasi va dasturi asosida tayyorlandi. O‘quv qo‘llanma kasbiy kompetentlik, zamonaviy pedagog modeli, kasbiy kompetentlikni metodologik asoslari, kasbiy kompetentlikni shakllantirishda pedagog mahoratining o‘rni va roli, taʼlim texnologiyalarini qo‘llashda kasbiy kompetentlikni ahamiyati, kreativ yondashuv asosida kasbiy mahoratni shakllantirish yo‘llari haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtiradi. Mazkur o‘quv qo‘llanma “Kasb taʼlimi (iqtisodiyot)” yo‘nalishi talabalari, pedagogika, kasbiy kompetentlik, pedagogik mahorat sohasida qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.