IQTISODIYOTDA QAROR QABUL QILISHNING MATEMATIK USULLARI

Category:

Ushbu qo‘llanmada iqtisodiyotda qaror qabul qilishning mazmuni va muhimligi, turli vaziyatlarda matematik usullar yordamida qaror qabul qilish nazariyalari yoritilgan. Shu bilan birga matematik dasturlash usullaridan foydalangan holda iqtisodiyotda optimal qaror qabul qilish, qaror qabul qilishga tizimli yondashuvlar va mezonlar, iqtisodiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilishning matematik modellari hamda aniqlik, tavakkalchilik, noaniqlik sharoitlarida o‘yinlar nazariyasi asosida qarorlar qabul qilish, qaror qabul qilishning matematik masalalarini yechishda axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari batafsil ifodalangan. O‘quv qo‘llanmada iqtisodiy qarorlarni qabul qilishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan bo‘lib, u bakalavriatning “Ekonometrika” ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Iqtisodiyotda qaror qabul qilishning matematik usullari” fanidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.