IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
Ushbu darslik mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiy yo‘nalish bakalavrlar tayyorlash davlat andazasi talablari asosida tayorlangan. Darslik mantiqan bog‘langan bobdan iborat. Undagi boblar iqtisodni tarixiy davrlash usuli asosida berilgan bo‘lib, har bir davrda yashab ijod qilgan mutafakkirlar g‘oyalari, qarashlari va ular tomonidan yaratilgan nazariya, konsepsiyalar mantiqan bir-biriga bog‘langan holda berilgan. Darslikda shuningdek, har bir bob bo‘yicha mustahkamlash uchun savollar, testlar berilgan bo‘lib, ular talabalarning mazkur mavzu bo‘yicha yanada bilimlarini kengaytirish imkonini beradi.
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlari talabalariga, shuningdek, iqtisodiy fan bilan qiziquvchilarga mo‘ljallangan.