IQTISODIY STATISTIKA
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida, mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash hozirgi zamonning dolzarb masalasi bo‘lib, u barcha fanlar bo‘yicha mazmunli darsliklar yaratishni taqozo qiladi.
Ushbu darslikda statistika yagona fan sifatida qaralib, unda milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi sifatida qaralgan va barcha masalalar shu asosda yoritilgan. Aholi, mehnat bozori va milliy boylik statistikasiga butun iqtisodiy faoliyatning muhim omillari sifatida qaralgan. Makroiqtisodiy faoliyat natijasi sifatida yalpi ichki mahsulot statistikasi o‘rganilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat va moliya-kredit tizimi statistikasiga alohida e’tibor berilgan. Aholi turmush darajasi, jamiyat miqyosida yaratilgan daromad hajmiga bog‘liq bo‘lib, darslik aholining daromadlari va xarajatlari balansi asosida uning turmush darajasi ko‘rsatkichlari chuqur tahlil etilgan.
Darslik barcha iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari va fakultetlari talabalari va magistrlari uchun mo‘ljallangan. Undan amaliyotda faoliyat olib boruvchilar ham foydalanishlari mumkin.