GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH
Ushbu darslikda “Global iqtisodiy rivojlanish” faniga kirish, jahon iqtisodiyotining globallashuvi konsepsiyalari, globallashuv va xalqaro savdoning rivojlanish tendensiyalari, globallashuv sharoitida ishchi kuchi migratsiyasi, transmilliy korporatsiyalarning milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini taʼminlash muammolari ochib berilgan. Darslik magistraturaning 5А230101 – Iqtisodiy nazariya mutahassisligi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etiladi.