FALSAFA
Falsafa darsligi davlat ta’lim standartlarida berilgan talablar asosida tayyorlangan. Darslik tarkibiga falsafa tarixi, ontologiya, gnoseologiya, antropologiya, ijtimoiy falsafa masalalari kiritilgan. Avvalgi “Falsafa” adabiyotlaridan farqi, unda falsafa fani iqtisod bilan bogʻlab yoritilgan. Din falsafasi, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari berilgan. Darslik falsafa bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar, oʻqituvchilar va iqtisodiy yoʻnalishdagi talaba-yoshlarga moʻljallangan.