EKOTURIZM

Category:

Qoʻllanma zamonaviy ekologik muammolar, Oʻzbekistonda ekoturizmning resurslari va turlari, shuningdek, dunyo mintaqalari va ekoturizm markazlari yoritilgan. Oʻzbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish, ekologik turizmni boshqarish, axloq qoidalari va xavfsizligiga katta e’tibor qaratilgan. Har bir bobda talabalarning mustaqil ishlashi uchun zarur boʻlgan nazorat savollari va topshiriqlari mavjud.
Oʻquv qoʻllanma ekologik ixtisoslik boʻyicha oʻqiyotgan oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, u ilmiy-pedagogik xodimlar va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun ham foydali boʻlishi mumkin.

Ushbu qoʻllanma Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti professori Lola Shuhratovna Egamberdiyevaning yorqin xotirasiga bagʻishlangan. Ajoyib inson, mohir pedagog, ekologik fanlar rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan olima Lola Shuhratovna qalbimizda abadiy yashaydi va u boshlagan ilmiy tadqiqotlarni shogirdlari davom ettiradi.