EKOLOGIK MENEJMENT
Ushbu darslik “Ekologik menejment” deb nomlanib, unda dolzarb ekologik ilmiy-amaliy vazifalarnish maqbul echimini topishga yo‘naltirilgan zamonaviy fan tizimining tez rivojlanib borayotgan sohalari qatoriga kiradi. Unda talabalarga globalizasiya sharoitida iqtisodiy-ekologik hayotni boshqarishning murakkab va tez o‘zgaruvchan xususiyatlarini to‘g‘ri tushunib olishiga, ushbu sohada xilma-xil axborotlarni tahlil qilishni o‘rgatishga, ekologik boshqaruvning hozirgi ilmiy-amaliy darajasi bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan.
Boshqaruvga yo‘naltirilgan faoliyatga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalari, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, texnogen va ekologik xavfsizlikni ta’minlash va muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish va monitoring qilish sohasidagi korxonalar rahbarlari va mutaxassislari uchun tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda foydalanilish tavsiya etiladi.