BIZNES HUQUQI
Ushbu oʻquv qoʻllanmada biznes huquqi sohasidagi huquqiy islohotlar, ularni talabalarga yetkazib berishning yangi uslublari va barcha mavzular boʻyicha namunaviy ssenariylar bayon qilingan. Mavzular boʻyicha nazorat savollari, glossariylar, normativ-huquqiy hujjatlar, mavzu mazmuniga oid chizmalar mazkur qoʻllanmaning tavsifli xususiyatidir.
Oʻquv qoʻllanma noyuridik oliy taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarga biznes sohasining huquqiy asoslarini yaxshi bilishi va amalda qoʻllay olishlari uchun tayyorlangan.