BANKLARDA BUXGALTЕRIYA HISOBI FANIDAN MASALALAR TO‘PLAMI

Category:

Mazkur o‘quv qo‘llanma respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarida buxgaltеriya hisobini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinib, bank operatsiyalari natijasida sodir bo‘lgan jarayonlarni birlamchi hujjatlarda rasmiylashtirish, qayta ishlash va buxgaltеriya hisobi hamda hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirish tartibi ishlab chiqilgan (amaliy ma’lumotlar) masalar to‘plami asosida yoritib bеrilgan. O‘quv qo‘llanmada banklarda buxgaltеriya hisobini tashkil qilishga oid masalalar to‘plami o‘z ifodasini topib, u 5111000-Kasb ta’limi (5230700-Bank ishi, 5230900-Buxgaltеriya hisobi va audit), 5230700-Bank ishi va 5230900-Buxgaltеriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) bakalavriat ta’limi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.