AHOLI VA REPRODUKTIV SALOMATLIK
Mazkur o‘quv qo‘llanmada aholining rivojlanish tendensiyalari, reproduktiv huquq va salomatlik, unga ta’sir etuvchi omillar, kasallik, nogironlik va o‘limning mamlakat aholisining o‘rtach hayot davomiyligiga ta’siri va oqibatlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqsadi va vazifalari, rivojlangan davlatlarning aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash borasidagi tajribalari, oilani rejalashtirish dasturlari va ularni tug‘ilishga bo‘lgan ta’siri, reproduktiv salomatlik borasidagi konsepsiya, barqaror rivojlanish maqsadlari va ularning aholi salomatligidagi ahamiyati bayon etilgan.
O‘quv qo‘llanmada BMT Rivojlanish dasturining global va mintaqaviy ma’ruzalarida, O‘zbekiston Respublikasining Milliy ma’ruzalarida bayon etilgan uslubiy ishlanmalaridan foydalanilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining talabalari, magistrantlari va o‘qituvchilari, aholi reproduktiv salomatligi muammolari bilan qiziqadigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.