AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYAT

Category:

Darslikda agrobiznesda innovatsion faoliyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari, o‘rganish usullari, agrar sektorda innovatsion faoliyatning nazariy va amaliy jihatlari hamda uni tashkil qilishning xususiyatlari yoritilgan.
Mazkur darslik agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari, usullari hamda innovatsion siyosat va innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat tashkil etishda xorij tajribalari, agrobiznesda innovatsion faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, qayta ishlash va realizatsiya qilishda innovatsion faoliyat, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi agrobiznesni tashkil etish, innovatsion faoliyat, innovatsion loyihalar, ularni samaradorligini baholash usullari, agrobiznesda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish yo‘llari va tavakkalchiligini boshqarish, agrobiznesda innovatsion faoliyat samaradorligini baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.