1-oktyabr kuni O’qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar prokuraturasi va O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, shuningdek, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tomonidan “O’qituvchilarga hurmat” aksiyasi tashkil etildi.

Innovatsion rivojlanish vazirining o’rinbosari Olimjon To’ychiev tadbirda so’zga chiqib, o’qituvchilarni tabrikladi. U har bir davlatning burchi, uning jamiyat oldidagi mas’uliyati yosh avlod tarbiyasiga bag’ishlangan o’qituvchilarning ko’magi ekanligini ta’kidladi.

Hozirgi kunda Toshkent shahridagi 317 ta umumta’lim maktablarida 23354 ta o’qituvchilar, 575 ta o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida 8754 ta o’qituvchilar, 44 ta oliy o’quv yurtlarida (11 ta Toshkentdagi xorijiy universitetlarning 10 ta filiali) ish olib bormoqdalar. Ular 1 000 000 dan ortiq o’quvchilar va talabalarga dars berishadi.

Tadbir davomida 40 dan ortiq fidoyi, tashabbuskor o’qituvchilar taqdirlandi.