Joriy yilning 21 fevralidan to 1 apreliga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga qarashli ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ommabop nashr hisoblangan “XXI asr texnologiyalari” jurnali o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida «Raqamli texnologiya — yoshlar nigohida» nomli tanlov e’lon qildi.

Turmush tarzimizda keng foydalanadigan ko‘plab ixtirolar aynan bolalar tomonidan yaratilgan. Barmoqsiz qo‘lqoplar, kalkulyator, mo‘ynali quloqchin, hiqichoq bosadigan obaki, saratonni erta aniqlaydigan sinama kabi ko‘plab kashfiyotlarni bunga misol keltirishimiz mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 500 mingdan ortiq bolalar va o‘smirlar tomonidan turli xil ixtirolar, jumladan, moslamalar, o‘yinlar, robotlar yaratilar ekan.
Yurtimizda ham bu kabi iste’dodli yoshlar juda ko‘p. Mazkur tanlov orqali ana shunday iqtidor egalarini kashf qilmoqchimiz hamda ularning ixtirolarini ommaga tanishtirish niyatidamiz.

«Raqamli texnologiya — yoshlar nigohida» tanlovida 5 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar qatnashishdi. Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilar foydali ixtirolar o‘ylab topib, ularni qog‘ozda aks ettirishi kerak edi. Belgilangan muddat davomida 100 ga yaqin qatnashchidan qiziqarli videolavha va suratlar keldi. Har bir videorolik va surat jurnal tahririyati xodimlari tomonidan sinchkovlik bilan kuzatib borildi va o‘rganildi.

Tanlov yakunida quyidagi nomzodlarga g‘oliblik o‘rinlari taqdim etildi:

5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar orasida
1-o‘rin. “Aqlli papka“ va ”Aqlli ruchka” — Ne’matova Muslima, Toshkent shahri, Bektemir tumani
2-o‘rin. “Kitekat” robot — Abdullayeva Parvina, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani
3-o‘rin. “Gilam tozalagich” — Bahromov Asror, Toshkent shahri, Olmazor tumani

12 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar orasida

1-o‘rin. “Robot repetitor” — Erkinov Shahzod, Buxoro viloyati, Vobkent tumani
2-o‘rin. “Smart Dustbin” — Asadbek Ro‘ziyev, Toshkent shahri
3-o‘rin. «Aqlli teta-poya” aravachasi — Olimjonova Saodat va Do‘styorova Dildora Samarqand viloyati, Samarqand shahri

Bundan tashqari, tanlovda qatnashgan har bir ishtirokchiga “XXI asr texnologiyalari” jurnali tahririyati tomonidan esdalik sovg‘alari hamda sertifikat topshiriladi.