
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Yaponiyaning Tottori universitetining takliflariga asosan o‘tkazilgan maqsadli tanlov natijalariga ko‘ra 10 nafar yosh olim g‘olib sifatida tanlab olindi.
Tanlov jarayonining shaffofligi va sifatini ta’minlash maqsadida vazirlik huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasidan qo‘shimcha ekspertlar jalb etildi. Vazirlik va idoralardan tegishli tartibda taqdim etilgan 32 nafar nomzodlar va ular to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar hamda nomzodlarning ilmiy stajirovka taqdimolari himoyasi chuqur tahlil qilindi.
Hozirgi kunda, Vazirlik tomonidan 2020 yilning 30 sentyabriga qadar yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov e’lon qilingan.
Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tartib va talablar bilan Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-sahifasi www.mininnovation.uz dan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun: Ilmiy stajirovkalarni tashkillashtirish va ilmiy laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘limi boshlig‘i Sarvarbek Taxirov, telefon: (90) 989 24 05, elektron manzil: S.takhirov@minninovation.uz, bosh mutaxassis Toirjon Kabashev, telefon: (93) 180 69 29, elektron manzil: toir1981@mail.ru, va yetakchi mutaxassis Muxsinbek Jo‘rabekov, telefon: (90) 175 95 25, elektron manzil: m.jurabekov@mininnovation.uz .