O’zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov Hindistonning Routern.com kompaniyasi rahbari Chandrakant Sharma bilan uchrashdi.

Tadbirda O’zbekistonning turli sohalarida innovatsion echimlarni faol tatbiq etish, ushbu yo’nalishda qo’shma loyihalarni amalga oshirish va startap ekotizimini qo’llab-quvvatlash bo’yicha olib borilayotgan izchil ishlar haqida so’z yuritildi. Tomonlar, shuningdek, yaqin kelajakda rejalashtirilgan qo’shma loyihalarni tahlil qildilar va hamkorlikning ustuvor yo’nalishlarini belgilab oldilar.

Charlz Sharma dunyoda koronavirus pandemiyasi sababli mavjud vaziyatda raqamli echimlar, bilim va zamonaviy axborot texnologiyalariga bo’lgan ehtiyoj dinamik ravishda o’sib borayotganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan tomonlar onlayn savdo maydonchalari orqali sayyohlik, masofaviy o’qitish, tadbirkorlar, shu jumladan, O’zbekiston hunarmandlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni keng targ’ib qilish kabi masalalar bo’yicha fikr almashdilar.

Ta’kidlash joizki, Routern.com vakillari 2018-2019 yillarda O’zbekistonda bo’lib, mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari bilan muzokaralar olib borishdi. 2019 yil oktyabr oyida Chandrakant Sharma Hindistonda O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining faxriy elchisi etib tayinlandi.