
Bu insonni dunyo ahli yaxshi taniydi. U 1790 yil 17 aprelda, yaʼni bundan 231 yil avval bu dunyoni tark etgan. Shunday boʼlishiga qaramasdan u bilan koʼpchilik hozir ham «muloqotda» boʼlib turadi. Bu inson amerikalik davlat arbobi, siyosatchi, diplomat, jurnalist, yozuvchi, noshir, ixtirochi va faylasuf Benjamin Franklin boʼladi. Uning surati АQSh 100 dollarlik kupyurasiga tushirilgan. Benjamin Franklinning «IXTIROChI», yaʼni «INNOVАTOR»lik faoliyatiga diqqatimizni qaratamiz:
– Fizika fani uchun elektr toki bilan zaryadlangan zarrachalar, yaʼni (+) musbat va (-) manfiy atamasini umumjahon miqyosda muloqotga kiritgan.
– Аtmosferada elektr tokining paydo boʼlishi, ishqalanish kuchidan elektr toki hosil qilish va «Chaqmoqning elektr tabiati»ni isbotlab bergan.
– 1752 yilda yerga koʼmilgan bir uchi oʼtkirlangan metallar elektr toki bilan zaryadlangan jismlar energiyasini oʼziga qabul qilib olishini isbotladi va «Chaqmoqqa qarshi» uskuna loyihasini ishlab chiqib, amalga tatbiq etdi.
– 1784 yilda Bifokal linza va koʼzoynakni ixtiro qildi.
– 1784 yilda oʼzi yaratgan «Chayqalib turuvchi kreslo» konstruktsiyasi uchun patent oladi.
– 1742 yilda uylarni isitishga moʼljallangan mitti tejamkor va samarador pechь konstruktsiyasini ishlab chiqib, sinovdan oʼtkazdi. Bu isitish pechlari «Franklin pechlari» deya nom oldi. 1770 yilda bu pechlarni mukammallashtirdi va xalq sotib olishga qiynalmasin deb patent olishdan voz kechdi.
– Elektrostatika kuchlari taʼsirida «Elektr gʼildirak» aylanishini namoyish qildi va elektr dvigatellar yaratish gʼoyasini ilgari surdi.
– Poroxni elektr toki, yaʼni «Elektr uchqun» yordamida portlatishni birinchi boʼlib ixtiro qildi.
– Leyden bankasi ishlash tamoyili, elektr toki hosil boʼlishi jarayonida asosiy vazifani tok oʼtkazgichlarni bir-biridan ajratib turadigan Dielektriklar (oʼzidan elektr tokini oʼtkazmaydigan jismlar) bajarishini isbotlab berdi.
– «Shishalar garmoniyasi» musiqa asbobini mukammallashtirib, oʼz konstruktsiyasini yaratdi. Bu musiqa asbobidan Motsart, Betxoven, Donetsitti, R.Shtraus, Glinka va Chaykovskiy kabi mashhur kompozitorlar oʼz asarlarini yaratishda foydalanishgan.
– Аtlantika ummoni Golьfstrim oqimi kengligi va chuqurligini oʼrganib, ilmiy asoslar bilan Geografik xaritaga kirgizdi.
Benjamin Franklin koʼplab davlatlar akademiyalarining faxriy aʼzosi boʼlgan.
Inson qanday kasb egasi boʼlishidan qatʼi nazar, uning ong va tafakkuri doimo qandaydir yangilik yaratishga undaydi va yaratgan yangiligi odamzod farovon yashashi uchun xizmat qilishini koʼnglidan oʼtkazib yashaydi.
Material muhandis Mahammadali Аlimjanov tomonidan tayyorlandi.