Joriy yilning 21 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi. Vazir dastavval Buxoro davlat universitetida ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Universitetda Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Vazir o‘z o‘rnida vazirlik faoliyati haqida ma’lumot berar ekan, takliflar uchun vazirlik doimo ochiqligini ma’lum qildi. I.Abdurahmonov har bir savol va taklifga atroflicha to‘xtalib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga binoan o‘z doktorlik dissertatsiyasini muddatidan oldin himoya qilgan universitet tayanch doktorantlari (PhD) D.B.Ahmedova va X.I.Eshonqulov pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, p.f.d., professor Sh.R. Barotov rahbarligida bajarilishi 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan innovatsion loyiha va f.f.d., professor M.K.Abuzalova rahbarligida bajarilishi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan amaliy loyiha ilmiy loyihalar tanlovlarida g‘olib bo‘lib, vazirlik tomonidan grant ajratilganligi ma’lum qilindi. Ularga Innovatsion rivojlanish vazirligining maxsus sertifikatlari topshirildi.

Ministr innovatsionnogo razvitiya vstretilsya s uchenыmi v Buxarskom gosudarstvennom universitete

21 yanvarya tekuщego goda ministr innovatsionnogo razvitiya Respubliki Uzbekistan Ibroxim Abduraxmonov posetil Buxarskiy gosudarstvennыy universitet. Ministr oznakomilsya s prezentatsiyey rabot, provodimыx v Buxarskom gosudarstvennom universitete v oblasti nauki i innovatsiy.

V universitete sostoyalas vstrecha s professorami i talantlivoy molodejyu vuzov, deystvuyuщix v Buxarskoy oblasti. Informiruya o deyatelnosti ministerstva, I.Abduraxmonov otmetil, chto ministerstvo vsegda otkrыto dlya predlojeniy. Ministr podrobno ostanovilsya na kajdom voprose i predlojenii, vыskazal svoi mneniya i kommentarii.

V ramkax vstrechi bыlo otmecheno, chto innovatsionnыy proyekt pod rukovodstvom professora Sh.R.Baratova i prikladnoy proyekt pod rukovodstvom professora M.K. Abuzalovoy stali pobeditelyami konkursa nauchnыx proyektov i poluchili grant Ministerstva. Im bыli vruchenы spetsialnыe sertifikatы Ministerstva innovatsionnogo razvitiya.