“Karantinda ochilgan isteʼdodlar” tanlovimizning “hunarmand” nominatsiyasi boʼyicha gʼoliblikni qoʼlga kiritgan ishtirokchimiz Gʼofurova Munirabonuning “munchoqli ayiqchalari” koʼp kanalimiz aʼzolarining eʼtiborini tortdi.

Karantin davrida tinib-tinchimas 11 yoshli qahramonimiz koʼp qizlarga vaqtlarini unumli oʼtkazishi uchun videolavhalar yordamida hamda onlayn tarzda biserdan ayiqchalar yasashni namoyish etdi. Bu turdagi ayiqchalar hali hech qaerda yasalmagan edi. Innovatsion loyihalari asosida turli koʼrik-tanlovlarda munosib oʼrinlarni egallab kelayotgan ustabilarmon qizimiz juda koʼp yoshlarga va tengdoshlariga haqiqiy ibrat boʼlib kelmoqda. Jumladan, “Oʼzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III Respublikatanlovining eng yosh ishtirokchisi sifatida “Iqtidorli qizning istiqbolli innovatsion gʼoyasi” tanlov nominatsiyasi boʼyicha munosib taqdirlangan. Hozirgi kunda Munirabonu oʼzi oʼqiyotgan maktab oʼquvchilariga, Toshkent shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamda mahallasidagi qizlarga oʼz hunarini oʼrgatmokda. Uning 30 dan ziyod shogirdlari ham bor.

MUNChOQLI АYIQChАLАR – TOZА MАHSULOT

Zamona ruhi bilan birga dadil odimlayotgan Munirabonu oʼz fikrlarini quyidagicha izohladi:

– Ishlab chiqargan mahsulotlarimning inson sogʼligʼiga nojoʼya taʼsiri yoʼq. Eng muhimi ekologik toza. Oʼzingizga maʼlumki, yumshoq oʼyinchoqlarga tezda chang oʼtiradi va bu holat allergik taʼsirga beriluvchan bolalar uchun ancha zararli ekanligini ham yaxshi bilasiz. Biroq biser yordamida ishlov berilgan oʼyinchoqlarning afzalligi shundaki, ularni artib-tozalab, soʼng oʼyinni bemalol davom ettirishingiz mumkin.

Men ham yoshligimda yumshoq ayiqchalarni oʼynashni juda yoqtirardim. Lekin ularni oʼtirgʼizib qoʼyishda juda qiynalganlarim esimda. Bu muammoni hal etish oʼsha onlarda tugʼilgan edi. Mahsulotlarimni yasashda penaplastdan shakl kesib olib, maxsus yelim yordamida ularni biriktirib olaman va shundan soʼng munchoqlar bilan bezataman”.

INTILGАNGА TOLE YOR!

Chindan ham, “intilganga tole yor!” Muniraxon oʼzi yaratgan oʼyinchoq ayiqcha bilan Indoneziyada 2019 yil 16-20 oktyabrь kunlari boʼlib oʼtgan festivalda ishtirok etib, faxrli oʼrinlarni egalladi. Shuningdek, Moskva shahrida 2019 yil 3-4 noyabrь kunlari boʼlib oʼtgan“Rukami jenщinы” (“Аyollarning qoʼl mehnati”) koʼrik -tanlovida 2-oʼrin sohibasi boʼldi.

Quvonarlisi, Munirabonu yaratgan 300 ta oʼyinchoq ayiqchalar 2020 yil yanvarь oyida Аvstraliya davlatiga eksport ham qilindi.

Qoʼli gul qahramonimizga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

 

Sevara АBDULLАEVА