
Bugungi kunda “Facebook” jahonning eng mashhur ijtimoiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Butun dunyo bo‘ylab millionlab obunachilarga ega bo‘lgan ushbu tarmoq asoschisi Mark Sukerberg mashhurlikka osonlikcha erishmagan. To‘siqlar va muammolarni aql bilan engib o‘tib, o‘z maqsadi yo‘lida tinimsiz harakat qildi va natijada dunyoning eng boy milliarderiga aylandi.
Mark Sukerberg 1984-yilning 14-may sanasida dunyoning eng yirik shaharlaridan biri – Nyu-York shahrida shifokorlar oilasida tug‘ilgan. Ota-onasi Eduard va Karen Sukerberg hanuzgacha tibbiy sohasida ishlashadi: otasi – stomatolog, onasi esa psixiatr.
Markning bolaligi
Kompьyuter dasturlariga bo‘lgan qiziqish Markda 10 yoshdanoq uyg‘ongan. Yosh bo‘lishiga qaramay otasi unga shaxsiy kompьyuter olib beradi va o‘g‘liga «Atari BASIC» dasturlash tilining elementar va bazaviy elementlarini ko‘rsatadi. Bo‘lajak xaker dasturlash bilan qiziqib qoladi va katta sinfda o‘qigan paytlarida birinchi sodda kompьyuter o‘yinlarini yaratadi. Grafik dasturlar uchun g‘oyalar yaratishda Mark Sukerbergga uning maktabdosh do‘stlari yordam beradi.
1996-yilda 12 yoshli Mark Sukerberg mahalliy tarmoq orqali oila a’zolariga muloqot qilish imkonini beruvchi «ZuckNet» deb nomlangan birinchi dasturini yaratadi. Maktabni tugatish chog‘idassukerberg dasturchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaror qiladi hamda qadimiy yunon tilini dasturlash va o‘rganishga ixtisoslashgan nufuzli «Phillips Exeter Academy» maktabiga o‘qishga kiradi.
Diplom ishi uchun dasturchi Internet foydalanuvchilarining musiqiy didini aniqlash bo‘yicha “Synapse” dasturini yaratadi. Keyinchalik «Microsoft» kompaniyasi uni yosh xakerdan sotib olishga harakat qiladi. Ulkan AT kompaniyasi rahbariyati yosh dasturchini hamkorlikka taklif qiladi. Biroq dasturchi «Ilhom sotilmaydi» deb bu taklifni rad etadi.
TALABALIK YILLARI
2002-yilda u kutilmaganda hammani hayratda qoldirib, Garvard universitetining psixologiya fakulьtetiga o‘qishga kiradi. Uning ushbu qarorga kelishiga onasining ta’siri bor edi, albatta. Psixologiya bilan bir vaqtda u dasturiy ta’minotni takomillashtirdi, kompьyuter fanlari bo‘yicha qo‘shimcha kurslarga qatnab, o‘z dasturlarini yaratishni davom ettirdi.
Universitetning ikkinchi bosqichida u talabalar uchun «CourseMatch» dasturini yaratdi. Bu dastur orqali talabalar o‘rganayotgan fanlari bo‘yicha bir-birlari bilan tajriba almashishlari mumkin edi.
Garvardda ko‘plab boshqa Amerika universitetlaridagi kabi talabalar fotosuratlari va ma’lumotlar bazasi yo‘q edi. Mark Sukerberg dekan va universitet o‘qituvchilariga ushbu oliygohda ham internetda shunday bazani yaratish taklif bilan chiqadi, ammo universitet rahbariyati uning bu taklifini ma’qullamaydi. SHundan so‘ng Mark Sukerberg talabalar Garvard o‘quvchilarining sevimli fotosuratlari uchun ovoz beradigan «Facemash» deb nomlangan ikkinchi loyihasiga qo‘l uradi. Ushbu loyihani yaratish uchun yosh xaker universitetning ma’lumotlar bazasini buzadi. Natijada uning universitetdan haydalishiga sal qoladi.
«Facemash»ning yanada rivojlanishiga to‘sqinlik qilishlariga qaramasdan, dasturchi ushbu loyihasi ustida qattiq ishlaydi va keyinchalik uni Facebook xalqaro ijtimoiy tarmog‘iga aylantiradi.
“Facebook”ning dunyoga kelishi
Markka «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ini yaratishda kursdoshlari Kris Xьyuz, Eduardo Saverin va Dustin Moskovitslar yordam beradi. Yigitlar bir hafta mobaynida «Facemash»dan o‘n barobar ko‘proq mashhur bo‘lgan ushbu yangi saytga asos solishadi.
Bir necha kun ichida «Facebook» loyihasi Garvard chegaralaridan o‘tib ketadi. Unga Boston, Nyu-York, Massachusets va Kanada, keyinchalik Stenford va Kolumbiya universitetlari qo‘shiladi.
Ko‘p o‘tmay «Facebook» yaratuvchisi Mark Sukerberg loyihani rivojlantirish uchun katta miqdorda sarmoya kerakligini tushunadi. SHuning uchun u Bill Geytsdan o‘rnak olib, Garvardni tark etadi va ota-onasidan qolgan barcha pulni loyihasiga yo‘naltiradi. 2004-yilning yozida dasturchi Palo-Altoga ko‘chib o‘tadi va loyihani yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib, «Facebook»ning bosh direktori bo‘ladi.
SHundan so‘ng Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqni global darajaga ko‘tarishda yordam bergan boy investorlarni loyihaga jalb qiladi. Xakerning yordamchilari orasida Amerika Interneti olamida mashhur bo‘lgan shaxs va «Napster» fayl almashish dasturi yaratuvchi, shuningdek, yarim million dollar kiritgan «PayPal» to‘lov tizimi hamkor ta’sischisi Piter Til, «Linkedin» birinchi ijtimoiy tarmoq yaratuvchi Rid Xoffmanlar bor edi.
2005-yilda Mark Sukerberg 200 ming dollar evaziga Facebook.com domenini sotib oladi. SHu paytda ijtimoiy tarmoqda 5 milliondan ortiq foydalanuvchilar bo‘lgan, ularning soni esa har kuni o‘sib boradi. Bu esa «Facebook»ning Amerikaning ettinchi eng mashhur sayti bo‘lishiga imkon yaratdi. SHunday qilib, Mark Sukerberg AT-biznes vakillarida katta qizig‘ish uyg‘otdi va ular ushbu loyihani sotib olish taklifi bilan chiqdi. Biroq takliflar uzoq davom etmadi – Mark «Facebook»ni sotishdan bosh tortdi va tarmoqni rekord darajada rivojlantirishda davom etdi.
Mark Sukerbergning yulduzli davri 2007 yilda boshlandi, ya’ni «Microsoft» kompaniyasi loyihani 15 milliard dollarga baholab, kompaniyaning 1,6 % aksiyasini 240 million dollar miqdorida sotib oldi.
2008-yilda dasturchi Dublinda kompaniyaning xalqaro shtab-kvartirasini ochdi va 2009-yilda birinchi daromadini ommaviy ravishda e’lon qildi. Shu paytdan boshlab “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i loyiha uchun yangi ilovalar yaratishni istagan har bir kishi uchun platforma kodlarini ochdi. Buning natijasida bugungi kunda har kuni 140 yangi ilovalar saytga yuklanmoqda.
2015-yilda «Facebook» dunyodagi ikkinchi eng ko‘p tashrif buyuradigan saytga, Mark Sukerberg esa eng yosh milliarderga aylandi.
Yosh milliarderning shaxsiy hayoti
Qizil sochli va pastroq bo‘yli milliarder Mark Sukerbergning shaxsiy hayoti sayyoramizdagi boshqa milliarderlarnikiga sira o‘xshamaydi. U o‘ta boy bo‘lsa-da, boyligi bilan maqtanmaydi va pulini behuda sarflamaydi.
2012-yilda Mark Garvard universitetida tanishgan do‘sti Prissilla Changa uylanadi. 2015-yilning oxirida ularning oilasida Maks ismli qiz dunyoga keladi. Qizaloq Mark va Prissilla hayotining mazmuniga aylanadi.
2015-yilga qadar mulьtimilliarder shaxsiy uy sotib olmagan va faqat ijara uyda yashagan.
«Facebook»ning bugungi holati
«Forbes»da berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli Mark Sukerbergning 2017-yildagi boyligi 69,5 milliard dollarni tashkil etgan. YA’ni u bugungi kunda «Google» asoschisi Sergey Brin va Larri Peyjdan ham boyroq hisoblanadi.
SHunday bo‘lsa-da, Mark o‘ta darajada boy bo‘lishga, pullarini qaerdadir jamg‘arishga umuman qiziqmaydi. U hozirda nafaqat «Xayriya qasamyodi» guruhi, balki o‘nlab xayriya tashkilotlari a’zosi hisoblanadi.
2015-yilning oxirida Mark Sukerberg va «Facebook» o‘z aksiyalarining 99 foizini xayr-ehson qilish niyatida ekanligini e’lon qildi va bu mablag‘ni dunyo bolalarining shaxsiy ta’lim sohasini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va insonlar o‘rtasidagi aloqa usullarini modernizatsiya qilishga sarfladi.
Sevara Abdullayeva tayyorladi.