Odatda, quvur yorilganida suv yer yuzasiga sizib chiqqanidan keyingina taʼmirlovchi ustalar yetibkelib, oʼsha joyni kovlab, yoʼlni buzishadi va nosoz joyni topish uchun, xuddi xazina izlashgandek, chor-atrofni qazib tashlashadi. Ishdan chiqqan joyini topgach, payvandlab yoki xomut bilan bogʼlab, yerni yana koʼmib qoʼyaverishadi. Аgar quvur juda eskirgan, chirigan boʼlib, hamma joyidan suv sizib chiqaversa, uni butunlay olib tashlab, yangi quvurlar yotqiziladi.

Oqibatda, bir tekis, ravon yoʼllar buzilib, ortiqcha mablagʼ sarflanishga sabab boʼladi. Bundan tashqari, texnik nosozlikni bartaraf etish uchun yoʼllar toʼsib qoʼyiladi, bu esa tirbandlikni keltirib chiqaradi. Bularning hammasi shu yerlik aholi uchun noqulaylik tugʼdiradi. Xoʼsh, siz-u bizga tanish boʼlgan bu holatga barham toptirish boʼyicha qanday innovatsion yechim bor?

–Bu muammoga yangi ikki bosqichli texnologiya orqali yondashamiz, – deydi “Maya International” qoʼshma korxonasi rahbari Xurshid Turdaliev. –Birinchisi, sunʼiy yoʼldosh texnologiyasi orqali yer ostidagi biz koʼrmayotgan yemirilishlar aniqlanadi va olib kelingan uskunalar bilan suv quvuridagi yoriqning aniq nuqtasi belgilanadi.Shundan keyin aynan oʼsha joyning oʼzi bir metr atrofida qaziladi. Suv quvurining holati toʼliqoʼrganib chiqilgach, agar uning qolgan qismlari hali yaroqli boʼlsa joyida xomut yoki payvandlash orqali taʼmirlanadi. Mabodo quvur yaroqsiz deb topilsa,ikkinchi bosqichda uning almashtirilishi kerak boʼlgan qismiga asfalьtni buzmasdan, ichiga maxsus suyuqlik yuboriladi.Natijada quvurning ichida yangi quvur paydo boʼladi va bu hosil boʼlgan yangi quvur yana 50 yil xizmat qiladi. Аtigi ikkita quduqqazish bilan ish bitadi: biridan material kiritilsa, ikkinchisidan ortiqcha chiqindilar chiqarib tashlanadi.

Аytish kerakki, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi «Yashnobod» innovatsion texnoparki direktsiyasi” DUKda ana shunday loyihalarga keng yoʼl berilib, gʼoyalar qoʼllab-quvvatlanmoqda.Prezidentimizning 2017 yil 5 iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʼgʼrisida”gi Farmoni asosida ish boshlagan mazkur davlat unitar korxonasida kimyoviy texnologiya, biotexnologiya, farmatsevtika, elektronika, robototexnika, anʼanaviy va muqobil energiya manbalari, oziq-ovqat sanoati, agrotexnika, tibbiyot, qurilish va boshqa yoʼnalishlarda keng faoliyat olib borilmoqda.

Аytish joizki, DUK va rezidentlar texnoparkning butun faoliyati davomida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar boʼyichaer, daromad va mulk soligʼi hamda yagona soliq toʼlovidan ozod qilingan. Qolaversa, innovatsion loyihalarni amalga oshirish doirasida oʼzlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, mamlakatimizda tayyorlanmaydigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar, reaktivlar, butlovchi buyumlar va qurilish materiallari uchun bojxona toʼlovlarilan ham ozod etilgan. Bunday imtiyozlar olim va mutaxassislarning gʼoya ustida emin-erkin ishlashlari hamda hayotimizga yangidan-yangi startaplarni taqdim etishlari uchun qulaylik yaratadi.

–Texnoparkda hozirgi kunda 11 ta qurilish sohasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar rezidentlik maqomiga ega, – deydi “Yashnobod” innovatsion texnoparki direktsiyasi” DUK Farhod Jumaev. – Dunyoda ommalashib borayotgan qurilish 3D printerlari, samolyotsozlik texnologiyasi qoʼllanilgan oyna uchun shaffof himoya vositalari, oddiy yer qoplamasi (asfalьt)dan bir necha barobar mustahkam oltingugurtli bitum yoʼl qoplamasi (asfalьt) va oltingugurtli beton ishlab chiqarish, odamlarga va elektron qurilmalarga zarar yetkazmaydigan xlodon gazli yongʼinga qarshi tizimlar, «Suyuq granit», diametri 1800 mm gacha boʼlgan gofrirovka quvurlarini ishlab chiqarish va boshqa loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Bu borada 2020 yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 78,9 milliard soʼmni, eksport hajmi esa 6,8 milliard soʼmni tashkil etdi va 150 ta yangi ish oʼrni joriy etildi.

Endi yana innovatsion loyihaga qaytsak. “Maya International” qoʼshma korxonasi «Suvsoz» DUK taʼsischiligida Isroil davlatining“Maya International Holistic Solutions” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2019 yilda tashkil etilgan boʼlib, shu kungacha kompaniyaning maxsus dasturi – sunʼiy yoʼldosh orqali Toshkent shahri yer osti oqova va suv quvurlaridagi 1200 taga yaqin nosozlik holatlari aniqlangan, 900 tasi joyida bartaraf etilgan. Yer osti suv quvurlaridagi koʼrinmas nosozliklarning oldindan koʼrsatilishi va shahar hokimligi hamda «Suvsoz» DUK tomonidan ularningoʼz vaqtida toʼgʼrilanishinatijasida suvning isrof boʼlishi oldi olingan.Shu kungacha bu borada 4 milliard soʼmga yaqin mablagʼ tejab qolindi.

Mazkur qoʼshma korxonaga 2020 yilda toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiya orqali kiritilgan mablagʼ hajmi 1 million АQSh dollarini tashkil etgan boʼlsa, 2024 yilga kelib, bu koʼrsatkichni 4 barobarga oshirish moʼljallangan.

 

Sohiba MULLАEVА