
Farzandlarimiz hayotimiz mazmuni, kelajagimiz egalaridir. Har bir inson borki, o’z orzu umidlarini farzandlari timsolida ko’radi. Shu sababli tayanchimiz va suyanchimiz, g’ururimiz va iftixorimiz bo’lgan bolalarimizning komil inson bo’lib ulg’ayishiga jiddiy ahamiyat qaratmog’imiz lozim. Buning uchun esa ta’lim tarbiya jarayoniga katta e’tibor berish zarur. Zero, bilimli avlod buyuk kelajak egalaridir.
Hozirgi paytda bolajonlar aqlini charxlaydigan, bilimini oshirishga yordam beradigan dasturlar, qo’llanma va vositalar juda ko’p. Ular orasida bilimni charxlashga xizmat qiladigan pazllar alohida o’rin egallaydi. Pazllarni yig’ish bola uchun juda ham foydali mashg’ulot. Avvalo, bunday o’yin mantiqni rivojlantiradi (bola uning qismlari aynan qaysi joyiga tushishi haqida o’ylaydi), tasavvur (kerakli suratni yaratish uchun avval uni tasavvur qiladi), xotira va diqqat (kerakli ismlarni joy-joyiga qo’yish uchun yodimizda uning suratini saqlashimiz kerak)ni shakllantiradi. Bundan tashqari, pazllarni o’ynashga qiziqadigan bolalarda kichik motorika ham rivojlanadi. Ayniqsa, bunday holat maktab ostonasiga qadam qo’yadigan kichkintoylarda qalamni to’g’ri ushlash va yozishni osongina o’rganishi uchun juda qo’l keladi.Hozirda savdo rastalaridan pazllarning istalgan multqahramonlar surati tushirilgan turlaridan toppish mumkin. Bu, albatta, yaxshi. Biroq bu ko’proq suratlar kolleksiyasini eslatadi go’yo. Pazllar aqlni charxlash bilan birga bilimni ham rivojlantirsa, yanada ko’proq natijaga erishish muqarrar.
Turin politexnika universitetining mexatronika laboratoriyasi mudiri Sardor Umarov pazllarning imkoniyatidan keng ko’lamda foydalanish maqsadida «Jumboqli kimyo» va «Jumboqli xarita» deya nomlangan 3D pazllarni yaratishga muvaffaq bo’ldi.


— Esimda, bolaligimda geografiya o’qituvchimiz darsni juda qiziqarli o’tardi, — deydi Sardorbek. — Davlatlarning poytaxtini topish, yer yuzidagi qit’alarni
o’rganish o’quvchilarga boshqacha zavq bag’ishlardi. Keyingi yillarda yoshlarning bilim olishga bo’lgan qiziqishi, ishtiyoqi biroz susayganday, nazarimda.
Afsuski, hozirgi kunda aksariyat maktab o’quvchilari dunyoning siyosiy xaritasi bilan yaxshi tanish emas. Hattoki davlatlarning qaysi qit’ada joylashganini ham bilishmaydi. Men laboratoriyadagi ishimdan tashqari tadbirkorlik sohasida ham faoliyat yuritaman. Innovatsion ishlanmalarni hayotga tatbiq etish va yurtimiz aholisi uchun qandaydir qulayliklar yaratish eng katta maqsadim. Shu bois tinimsiz izlanaman, yangiliklar topishga harakat qilaman. Yaqinda geografiya fanini maktab o’quvchilari, hattoki bog’cha yoshidagi bolalarga ham qandaydir interaktiv yo’l orqali o’rgatish usulini yaratish haqida o’ylab qoldim. Natijada davlatlarni mozaika shaklda terib chiqish fikri uyg’ondi. G’oyamni takomillashtirib, yog’och qatlamlari (faner)dan foydalangan holda 3D pazllarini yaratdim. Bu yangilik ko’pchilikda qiziqish uyg’otdi va g’oyamni ma’qullashdi. Hozirgi kunda bunday pazllarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yganman.
O‘QUVCHILAR TOMONIDAN QANDAY QABUL QILINDI?
Quvonarlisi shundaki, men yaratayotgan pazllar o’quvchilarga juda manzur bo’ldi. Ular pazllarni bir yoki ikki marta yig’ib chiqish natijasida ko’plab davlatlarning qayerda joylashganini tezda eslab qolishdi. Men yaratgan 3D pazllarning yana bir afzalligi shundaki, bu orqali o’quvchilar davlatlarning kattaligi va yer maydonining bir-biriga nisbatini ham o’rganadi. Chunki pazlni yig’ish jarayonida qo’l barmoqlarining harakatlanishi orqali davlatlarning katta-kichikligi ham yaxshi esda qoladi. Masalan, o’quvchi Rossiya bilan Qozog’iston xaritasi tushirilgan pazl parchasini ushlab ko’rganda, Rossiyaning kattaligini biladi. Bu orqali bola davlatlar maydoni qanchaligi haqida ham aniq bilimga ega.
«
JUMBOQLI KIMYO» NIMANI O’RGATADI?
Mendeleyev davr iy jadvali kimyo fanidagi boshlang’ich va doimiy murojaat qilinadigan mavzulardan biri hisoblanadi. Albatta, jadvalni yaxshi o’zlashtirgan bola kimyo fanining keyingi mavzularini tushunishi oson kechadi. Lekin aksariyat o’quvchilarga mashhur olimning davriy jadvalini eslab qolish qiyinchilik tug’dirayotganiga amin bo’ldim. «Jumboqli kimyo» pazllarida o’quvchilar kerakli elementlarni o’z joyiga qo‘yish orqali o’yin o’ynaydi. Bu yo’l orqali ular davriy jadval bilan yaxshi tanishib, uni tezda o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Bundan tashqari, Astronomiya faniga oid ajoyib pazl o’yinchog’i ham yaratildi. Pazlda planetalarning nisbiy o’lchamlari, diametri va quyoshgacha bo’lgan masofasini interaktiv tarzda o’rganish mumkin. E’tiborli jihati shundaki, qahramonimiz yaratgan bunday turdagi bilimni charxlashga xizmat qiladigan mantiqiy 3D pazllarining anologlari mavjud emas.

Mendeleyev davr iy jadvali kimyo fanidagi boshlang’ich va doimiy murojaat qilinadigan mavzulardan biri hisoblanadi. Albatta, jadvalni yaxshi o’zlashtirgan bola kimyo fanining keyingi mavzularini tushunishi oson kechadi. Lekin aksariyat o’quvchilarga mashhur olimning davriy jadvalini eslab qolish qiyinchilik tug’dirayotganiga amin bo’ldim. «Jumboqli kimyo» pazllarida o’quvchilar kerakli elementlarni o’z joyiga qo‘yish orqali o’yin o’ynaydi. Bu yo’l orqali ular davriy jadval bilan yaxshi tanishib, uni tezda o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Bundan tashqari, Astronomiya faniga oid ajoyib pazl o’yinchog’i ham yaratildi. Pazlda planetalarning nisbiy o’lchamlari, diametri va quyoshgacha bo’lgan masofasini interaktiv tarzda o’rganish mumkin. E’tiborli jihati shundaki, qahramonimiz yaratgan bunday turdagi bilimni charxlashga xizmat qiladigan mantiqiy 3D pazllarining anologlari mavjud emas.
BU QIZIQ!

Dunyodagi eng birinchi pazllar XVIII asrda Londonda yashab o’tgan naqqosh Jon Spilsber tomonidan ixtiro qilingan. 1760-yili o’quvchilarning geografiya darsiga qiziqishini oshirish maqsadida Spilsber o’ziga xos usulda davlatlarning o’lchami shakldagi yog’och bo’laklarga bo’lingan xaritani yaratdi. Faqat Spilsberning xaritasida shimoliy va janubiy Amerika, Yevrosiyo hamda Afrika bor edi, xolos. Negaki mashhur ixtirochi yashab o’tgan davrda hali Avstraliya o’rganilmagan edi, shuningdek, XIX asrda kashf etilgan Antarktida ham bo’lmagan.
Sevara Abdullayeva tayyorladi