Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Abdunabi Boyqoʻziyev 1954-yil 15-noyabrda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tugʻilgan.
Shoirning “Gʻuboringni yozgayman”, “Seni izlab keldim”, “Oʻzbeknavo yulduzlari”, “Judoligʻ dashti”, “Koʻzlari daryoyim!..”, “Dilxiroj tuygʻular”, “Besh navo”, “Besh soʻmlik kekkayish”, “Choʻli irogʻim” nomli sheʼriy, hajviy-yumoristik va publitsistik kitoblari chop etilgan.
–Ijodkor qalbi buyurganidek dunyoni tasavvur qilishi, qalbi buyurganidek yashashi kerak, – deydi Abdunabi Boyqoʻziyev.
U qalbi buyurganidek yashayotgan shoir ekanini eng kichik toʻrtliklaridan ham bilib olish mumkin. “Neki yozdim” deb nomlangan toʻrtligida shunday deydi:
Neki yozdim,
Koʻnglimni yozdim,
Koʻngillarni koʻnglimga yozdim,
Kel, koʻnglingni oʻqi koʻnglimdan,
Neki boʻlsa koʻngildan yozdim.
OʻzAning YouTube sahifasiga joylangan quyidagi videoda Abdunabi Boyqoʻziyevning sara sheʼrlarini tinglashingiz mumkin.