“TIMSS – 2023” tadqiqotining Oʻzbekiston uchun Milliy ensiklopediyasi ishlab chiqildi

AOKAda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi axborot xizmati rahbari Shavkat Xoʻjaqulov ishtirokida brifing tashkil etildi.

Mutaxassisga koʻra, oʻtgan vaqt mobaynida Markaz tomonidan “Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi tayyorlangan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan.

“Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik majmualarni yaratish, tajriba- sinov va ekspertizadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.

Shuningdek, YUNESKOning Milliy oʻquv dasturi prototipi, Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Qozogʻiston kabi mamlakatlar tajribalari asosida “Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha yoʻriqnoma” hamda “Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturi maketi” tasdiqlandi.

Oʻquv adabiyotlariga rasmiy maqom hamda nashr etishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomasini rasmiylashtirish uchun tizimga biriktiriladigan hujjatlar va talablar roʻyxati, ekspertizadan oʻtkazish hamda baholash mezonlari shakllantirildi.

Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar hamda Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik majmualarini yaratishga qoʻyiladigan talablar ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasida mavjud taʼlim turlari YUNESKOning “Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi” darajalariga toʻliq muvofiqlashtirildi.

Shu bilan birga, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan hamkorlikda “TIMSS – 2023” tadqiqotining Oʻzbekiston uchun Milliy ensiklopediyasi ishlab chiqildi. Xalqaro PISA tadqiqotlarida foydalanilgan va ochiq eʼlon qilingan topshiriqlarga doir videodarslar eʼlon qilindi.

About the Author

You may also like these