Mazkur kurs Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
36 soatga moʻljallangan kurs orqali oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining inklyuziv taʼlim yoʻnalishi boʻyicha salohiyatini rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, inklyuziv taʼlimda oʻqitish, taʼlim jarayonida turfalikni rejalashtirish, oʻquv jarayonida qoʻllanuvchi metodlardan unumli foydalanish kabi maqsadlar koʻzlangan.
Mazkur masofaviy kurs aralash taʼlim usullarida — onlayn hamda oflayn shakllarda olib boriladi. Bunda kursning onlayn mashgʻulotlari Zoom ilovasi hamda Youtube videoxostingi orqali, oflayn mashgʻulotlar esa, mk.bimm.uz platformalari orqali tashkil etilmoqda.