Haftalik oʻquv taʼtili kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda “Yoshlar turizmi haftaligi” oʻtkaziladi.
Haftalik doirasida 7 yoshdan dan 30 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi, talaba va yoshlarni respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlariga chorlaymiz.
Ushbu haftalik doirasida “Uzbekistan Airways” AJ hamda “Uzbekistan Helicopters” MCHJ (Silk Avia brendi) tomonidan oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)lari uchun mahalliy aviaqatnovlarida iqtisodiy toifadagi “V” va undan yuqori boʻlgan tariflaridan 2024-yil 23-dekabridan 2025-yil 7-yanvarigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlariga 50% chegirma taqdim etildi.
Shu bilan birga, yurtimizda “Yoshlar turizmi haftaligi” oʻtkazilishi munosabati bilan respublikadagi joylashtirish vositalari hamda ovqatlanish shoxobchalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.
Shuningdek, yurtimiz aholisi “Yoshlar turizmi haftaligi” davomidan maroqli dam olishini tashkil etish maqsadida respublikada oʻtkaziladigan tomosha va spektakl, ommaviy koʻngilochar va sport tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantirildi.