Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining eng yaxshi namunalaridan iborat kitoblar majmuasi nashr etiladi

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan “Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” nomli koʻp jildlik kitoblar majmuasini chop etish boʻyicha AOKA takliflari qabul qilindi.

Majmua 200 jilddan iborat boʻlib, unda oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining shoirlari, yozuvchilari asarlari, shuningdek, oʻz davrida keng ommalashmagan, nashr etilmagan ijod namunalari saralanib, lotin alifbosida chop etiladi.

Kitoblarni nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

— Dastlabki bosqichda — manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari, adabiyotshunos olimlar va ekspertlar tomonidan kitoblar majmuasiga kiritiladigan asarlar roʻyxati shakllantiriladi;

— Keyingi bosqichda — koʻp jildli majmua 2024-2028-yillar davomida bosqichma-bosqich nashr etiladi va axborot-kutubxona muassasalari hamda tegishli tashkilotlarga bepul tarqatib boriladi.

About the Author

You may also like these