Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat kampaniyasi boshlandi

25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni
Toshkentda Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kampaniyasi boshlandi.
Bu kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari saʼy-harakatlarini birlashtirishga chorlaydi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu muhim tashabbusni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻz logotipini olov rangga oʻzgartirdi. Bu rang umid, yorugʻlik va zoʻravonliksiz kelajak ramzidir.
Agentlik barchani ushbu aksiyani qoʻllab-quvvatlash, muammoga eʼtibor qaratish va birdamlikni namoyish etishga chorlaydi.
Birgalikda biz dunyoni xavfsizroq qila olamiz. Zero, zoʻravonlik hech qachon oqlanmaydi.

About the Author

You may also like these