Uch, ikki, bir — nol: Uyqu formulasi maʼlum boʻldi

Somnologlar toʻgʻri uxlashning asosiy tamoyillarini ishlab chiqdilar. Ular uyquga yotishdan oldin xatti-harakatlarni tartibga soluvchi “10-3-2-1-0” qoidasiga rioya qilishni tavsiya qiladilar.

Formuladagi 10-raqam uyqudan oldin soatlar soni boʻlib, unda siz dietangizdan qahva, choy, energetik ichimliklar, shokolad va gazlangan ichimliklarni chiqarib tashlashingiz kerak. Shuningdek, shirinliklardan voz kechish tavsiya etiladi.

“3” — uxlashdan oldingi soatlar sonini bildiradi. Bu vaqtda umuman ovqatlanmaslik hamda spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmaslik yaxshiroq. Ogʻir yoki achchiq ovqatlar noqulaylik tugʻdiradi va uyquga xalaqit beradi, spirtli ichimliklar esa uyqu sifatini yomonlashtiradi.

Barcha ish vazifalarini yotishdan ikki soat oldin tugatish ham toʻgʻri boʻladi. Bu miyaga dam olishga oʻtish uchun vaqt beradi.

Yotishdan bir soat oldin siz telefon, televizor va kompyuter ekranlarini oʻchirib qoʻyishingiz kerak. Ular uyqusizlikka olib kelishi mumkin.

“0” vaqt davomida esa siz uyquga yotishingiz shart.

About the Author

You may also like these