Endilikda kino, serial va qoʻshiqlar “maʼnaviyat ekspertizasi”dan oʻtkaziladi

Media mahsulotlarda davlat siyosati, davlat ramzlariga zid, axloqsizlik, behayolikni targʻib etuvchi holatlar mavjud yoki yoʻqligi oʻrganib boriladi.

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, AOKA, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, MTRK, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasining qarori bilan tele va radiokanallar hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan media-mahsulotlar, xususan, serial, multfilm, kino va qoʻshiqlarni “maʼnaviyat ekspertizasi”dan oʻtkazish tartibi joriy etildi. Bu haqda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, “maʼnaviyat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi va unga muvofiq, maʼnaviyat ekspertiza guruhining asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan, soha mutaxassislaridan tarkib topgan guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hamda xorijda ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston hududida namoyish etilayotgan media mahsulotlarning davlat siyosati, davlat ramzlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, maʼnaviy-axloqiy mezonlarga zid, insoniy fazilatlarga tahdid soluvchi axloqsizlik, behayolikni targʻib etuvchi holatlar mavjud-mavjud emasligi oʻrganiladi.

Media mahsulotlarning yoshlar tarbiyasi va milliy mentalitetimizga taʼsiri baholanadi. Yoshlar tarbiyasi va milliy mentalitetimizga raxna soluvchi media mahsulotlarning tarqatilishini oldini olish choralari koʻriladi. Bunday media mahsulotlarning namoyish etilishini toʻxtatish boʻyicha tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga takliflar kiritib boriladi.

About the Author

You may also like these