Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi eʼlon qilindi

Shvetsiya milliy bankining iqtisod fanlari boʻyicha Alfred Nobel xotirasiga bagʻishlangan 2024-yil uchun mukofotga amerikalik olimlar – Massachusets texnologiya institutidan Daron Ajemoglu, Saymon Jonson va Chikago universitetidan Jeyms Robinson sazovor boʻldi.

Nobel qoʻmitasining taʼkidlashicha, mukofot mazkur olimlarga “ijtimoiy institutlar qanday shakllanishi va ular farovonlikka qanday taʼsir koʻrsatishini oʻrgangani” uchun beriladi.

Matbuot xabarida aytilishicha, olimlarning ishi davlatning siyosiy va iqtisodiy institutlari mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga qanday taʼsir qilishini tushunishga imkon berdi va “mamlakat gullab-yashnashi uchun davlat institutlarining ahamiyatini” koʻrsatdi. “Qonun ustuvorligi yoʻq, institutlar aholini ekspluatatsiya qiladigan jamiyat oʻsish yoki yaxshi tomonga oʻzgarishlarni yuzaga keltirmaydi va laureatlarning tadqiqotlari bu jarayonlarning sabablarini tushunishga yordam beradi”, deb taʼkidlaydi Nobel qoʻmitasi.

Oʻtgan yili Klaudiya Goldin “mehnat bozorida ayollarning mavqeyini tushunishga qoʻshgan hissasi uchun” mazkur mukofotga sazovor boʻlgandi, deb xabar beradi interfax.ru.

About the Author

You may also like these